Mirziyoyev Germaniya biznesiga ikkilanmasdan O‘zbekistonga kelishni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Prezidenta Federativnoy Respubliki Germaniya Frank-Valtera Shtaynmayera
Vizit Prezidenta Federativnoy Respubliki Germaniya Frank-Valtera Shtaynmayera  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Germaniya biznesi uchun alohida imtiyozlar berishga tayyor - Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyor bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv batafsil va o‘zaro ishonch ruhida bo‘lib o‘tganidan mamnunligini ma’lum qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev aytishiga qaraganda, yaqinda tashkil qilish rejalashtirilayotgan davra suhbati nemis biznesi uchun eshiklarni katta ochadi.

"Men bilishimcha, ko‘p nemis biznesmenlari biz bilan hamkorlik qilishni istaydi, lekin hozircha ular biroz ikkilanib turishibdi. Men prezident sifatida shuni aytmoqchimanki – ikkilanish kerak emas! Ortga yo‘l yo‘q. Biz faqat oldinga yuramiz va boshlagan islohotlarimizni amalga oshiramiz", - dedi O‘zbekiston prezidenti. 

O‘zbekiston prezidenti fikriga ko‘ra, iqtisodiy hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan yirik Germaniya kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash, albatta o‘z natijalarini beradi. Ikki tomondan bildirilgan siyosiy iroda barcha sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratadi.

Vizit Prezidenta Federativnoy Respubliki Germaniya Frank-Valtera Shtaynmayera  - Sputnik O‘zbekiston
"Tanlagan yo‘lingizdan qat’iy boring": Shtaynmayer Mirziyoyev siyosatini e’tirof etdi

"Biz nemis biznesiga, nemis xalqiga va Germaniyaga – alohida imtiyozlar berishga tayyormiz. Biz har bir uchrashuv, har bir tadbir bilan o‘zaro ishonchimizni mustahkamlab boramiz. Germaniya bilan amalga oshirilayotgan har bir loyihani diqqat bilan bajaramiz. Bunga sizning o‘zingiz ham aman bo‘lishingiz mumkin", - dedi Mirziyoyev.

Prezident aytishiga ko‘ra, albatta, ushbu islohotlarni amalga oshirish oson emas. Ularning ko‘lami juda katta, ular barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayapti, lekin o‘zbek xalqi ushbu islohotlar muqarrar ekanini tushunib yetgan. "Va men ushbu xalq rahbari sifatida belgilangan islohotlarni yakuni yetkazaman", - dedi Mirziyoyev. 

Yangiliklar lentasi
0