Baliq ovlash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori keskin oshirildi

© Sputnik / Sergey Krivosheyev / Mediabankka o‘tishDobicha ribi
Dobicha ribi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekistonda baliq ovlash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori keskin oshirildi.

Bu Shavkat Mirziyoyev imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Kanal - Sputnik O‘zbekiston
Kanallarda baliq yetishtirish tartibi belgilandi

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra g‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi o‘simliklarni yig‘ish ham eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan (2 mln 27 ming 300 so‘mdan) 15 baravarigacha (3 mln 40 ming 950 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ilgari faqat g‘ayriqonuniy ov mahsulotlarini qabul qilish uchun javobgarlik mavjud edi.

Endilikda ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib:

- fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 so‘mdan) 5 baravarigacha (1 mln 13 ming 650 so‘mgacha);

- mansabdor shaxslarga 7 baravaridan (1 mln 419 ming 110 so‘mdan)  10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 so‘mgacha)  jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0