Jamiyat

Eng baxtli odamlar toifasiga kimlar kiradi - britaniyalik olim tadqiqoti

CC0 / pixabay / Molodыe lyudi tseluyutsya
Molodыe lyudi tseluyutsya - Sputnik Oʻzbekiston
Turmushga chiqmagan va farzandsiz ayollar jamiyatda eng baxtli odamlar - professori Pol Dolan.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Turmushga chiqmagan va farzandsiz ayollar jamiyatda eng baxtli odamlar ekan, buni London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi professori Pol Dolan maʼlum qildi. "Izvestiya" xabariga asosan.

Vrach izmeryayet diametr jivota, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qanday qilib qorinni yoʻqotsa boʻladi: olimlar eng samarali usulni aniqladi

Britaniyalik olim AQShda oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov natijalariga asosan ushbu xulosaga kelgan.

Tadqiqotda maʼlum boʻlishicha, turmushga chiqqan ayollarning koʻpchiligi turmush oʻrtogʻi yonida boʻlgan paytda, baxtli ekanini aytishadi.

Agar ular yolgʻiz qolib savollarga javob berganda, birinchi navbatda turmush va oʻzaro munosabatlardagi qiyinchiliklardan shikoyat qilishdi.

Olim fikriga koʻra, turmushga chiqmagan va farzandsiz ayollar aynan shunga oʻxshagan muammolar boʻlmaganligi tufayli ular baxtli.

Ammo oila qurish - muvaffaqiyat belgisi hisoblangan jamiyatda uning bosimi ostida yolgʻiz ayollarda baxtli boʻlish hissini kamaytiradi.

Taʼkidlanishicha, asosan oila qurishdan koʻproq erkaklar foyda koʻradi, ular toʻgʻri hayot, kamroq xavf-xatarga tushish va koʻproq pul topishga harakat qiladi.

Ayollar erga tegishdan kamroq foyda koʻradi, chunki ularda turli tashvishlar koʻpayadi. Shu sababli, olim yolgʻiz ayollar turmushga chiqqan ayollarga qaraganda koʻproq umr koʻradi deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala