Mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishSkanirovanie shtrix-kodov
Skanirovanie shtrix-kodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahsulotlarni ekologik markirovkalash akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ekologik markirovkalash organlari tomonidan amalga oshiriladi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. 

V torgovom zale magazina. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tovarlarni markirovka qilish yagona tizimi ishga tushadi

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda xalqaro standartlar talablariga asoslangan mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy etiladi. 

Mahsulotlarni ekologik markirovkalash akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ekologik markirovkalash organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish, foydalanish, iste’mol qilish, tashish, saqlash va utilizatsiya qilishda atrof-muhitga, aholi sog‘lig‘iga va biologik resurslarga eng kam zararli ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlar ekologik markirovkalash obyekti hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash to‘g‘risida sertifikat olingandan keyin o‘z mahsulotlarini ixtiyoriy asosda ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalaydilar.

Sertifikat mavjud bo‘lmagan taqdirda mahsulot nomida, o‘ramida, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda va mahsulotni reklama qilishda “eko” va “eko” so‘zlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Dori vositalari, veterinariya preparatlari, tibbiy buyumlar, tarkibida zaharli, mutagen, kanserogen, atrof-muhit uchun xavfli deb tasniflangan moddalar, preparatlar va aralashmalar mavjud bo‘lgan tovarlar ixtiyoriy ekologik markirovkalanmaydi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash sohasida ishlarni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Qaror bilan O‘zbekistonda mahsulotlarni ixtiyoriy markirovkalash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.  

Yangiliklar lentasi
0