Jamiyat

Oʻzbekiston monopoliyaga qarshi organi nohalol raqobat holatini aniqladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishCoca-Cola na prilavkax magazina
Coca-Cola na prilavkax magazina - Sputnik Oʻzbekiston
“Frutto Cola” ichimligining etiketkasidagi baʼzi belgilar “Coca-Cola” ichimligining belgilari bilan oʻxshash ekanligi aniqlandi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “Frutto Cola” ichimligi bilan bogʻliq boʻlgan holat yuzasidan xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Amerika qoʻshma shtatlarining “The Coca-Cola Company” kompaniyasi Oʻzbekiston hududida “Coca-Cola” alkogolsiz ichimligi uchun bir qancha tovar belgilarini qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazgan.

© https://telegra.ph/USTRANEN-OCHEREDNOJ-FAKT-NEDOBROSOVESTNOJ-KONKURENCII-05-29Snova plagiat: Coca-cola zastavila kompaniyu smenit poxojuyu etiketku
Oʻzbekiston monopoliyaga qarshi organi nohalol raqobat holatini aniqladi - Sputnik Oʻzbekiston
Snova plagiat: Coca-cola zastavila kompaniyu smenit poxojuyu etiketku

Kompaniya Namangan viloyatida joylashgan “NORIN BOTTLERS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Frutto Cola” alkogolsiz ichimligining etiketkasidagi baʼzi belgilar “Coca-Cola” alkogolsiz ichimligining belgilari bilan oʻxshash ekanligini maʼlum qilib, Qoʻmitadan ushbu holatni nohalol raqobat holati sifatida koʻrib chiqishni soʻragan.

“Ishni koʻrish jarayonida, “NORIN BOTTLERS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Frutto Cola” ichimligi etiketkasidagi baʼzi elementlarning haqiqatan ham “Coca-Cola” tovar belgisidagi elementlar bilan adashtirib yuborish darajasida oʻxshash ekanligi aniqlandi.

Proizvodstvo xolodilnikov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda yana bir monopoliya paydo boʻlmoqda

Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasida tovarni raqobatchining tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan belgilardan qonunga xilof ravishda foydalangan holda etiketkalarga, oʻrovlarga joylashtirib sotish taʼqiqlanishi belgilab qoʻyilgan”, - deyilgan xabarda

Taʼkidlanishicha, “NORIN BOTTLERS” MCHJga nisbatan qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish natijasida koʻrsatilgan holatlar oʻz tasdigʻini topdi va jamiyatga “Coca-Cola” tovar belgisidagi elementlar bilan adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan belgilardan foydalanish holatini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Bugungi kunda “NORIN BOTTLERS” MCHJ tomonidan monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmasi bajarildi, shuningdek “Frutto Cola” ichimligi uchun yangi etiketka dizayni ishlab chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala