Sovg‘alar va katta bayram: bolalarni himoya qilish kunida o‘tkaziladigan tadbirlar

© Foto: Ramiz BaxtiyarovDeti vozle fontana v parke
Deti vozle fontana v parke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtdagi istirohat bog‘larida “Farzandlarimizga baxtli bolalikni ulashaylik” aksiyasi doirasida ko‘ngilochar tadbirlar va bayram tomoshalari namoyish etiladi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Toshkentda bolajonlar uchun o‘tkaziladigan bayram tomoshalari haqida xabar qildi.

Avtobus so znakom Deti - Sputnik O‘zbekiston
IIBB bolalar guruhini avtobusda tashish qoidalarini tushuntirib berdi

1 iyun kuni soat 10.00 da Mudofaa vazirligi tomonidan quyidagi istirohat bog‘larida bayram tadbirlari namoyish etiladi:

1.  Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i;

2.  Shayxontohur tumanidagi “Anxor-Lokomotiv” istirohat bog‘i;

3.  Chilonzor tumanidagi “G‘ofur G‘ulom” istirohat bog‘i.

Bayram tadbirlari davomida bolajonlar va taniqli sport ustalari o‘rtasida turli bellashuv va musobaqalar o‘tkaziladi, musiqa, rassomchilik bo‘yicha iste’dodlilar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshiriladi, va albatta, kursantlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etiladi.

“Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlari o‘zlarining tantanavor chiqishlari bilan yig‘ilganlarga a’lo kayfiyat ulashishi rejalashtirilgan.

Yana bir muhim sovg‘a — “Turon” harbiy-teatr studiyasi bolajonlarga mo‘ljallangan sahna ko‘rinishlari bilan kunning unutilmas tarzda o‘tishini ta’minlaydi”, - deyilgan xabarda.  

Yangiliklar lentasi
0