Siyosat

Aholini roʻyxatdan oʻtkazib, Oʻzbekiston tengsizlikka barham beradi - Freyzer

© Mejdunarodnыy press-klubXelena Freyzer - Postoyannыy koordinator OON (UN), Postoyannыy predstavitel PROON (UNDP) v Uzbekistane
Xelena Freyzer - Postoyannыy koordinator OON (UN), Postoyannыy predstavitel PROON (UNDP) v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xelena Freyzerga koʻra, Oʻzbekiston Mustaqillikka erishgandan buyon birinchi marta aholini roʻyxatdan oʻtkazish tashabbusini amalga oshirmoqchi ekan, Birlashgan millatlar tashkilotining aholishunoslik jamgʻarmasi bu borada respublikaga kerakli yordamni koʻrsatishga tayyor

TOSHKENT, 31 may – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston aholi va uy-joy bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarga ega boʻlish uchun 2022 yilda aholini roʻyxatga olish ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu hukumatga jamiyat haqida toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish imkonini beradi.

Jamiyat
Oʻzbekistonda 30 yilda ilk bor aholini roʻyxatga olish oʻtkaziladi

Taʼkidlab oʻtish joizki, aholini roʻyxatga olish Oʻzbekistonda soʻnggi marta 1989 yilda, yaʼni 30 yil muqaddam oʻtkazilgan.

BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer Sputnik muxbiri bilan suhbatda Oʻzbekiston hukumatining aholini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tashabbusiga baho berdi.

“Bu juda muhim va jiddiy tadbir – Oʻzbekiston jahonda oʻz aholisini roʻyxatdan oʻtkazgan mamlakatlar oilasiga qoʻshilganini bildiradi va Birlashgan millatlar tashkilotining aholishunoslik jamgʻarmasi bu borada Oʻzbekistonga oʻz yordamini koʻrsatishga tayyor”, - dedi Freyzer.

Suhbatdoshning taʼkidiga koʻra, Oʻzbekistondagi har bir fuqaroning hisobga olinishi aholining ehtiyojlarini tushunishga va anglashga, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga yordam beradi. Xususan, bandlik, taʼlim va boylikdagi tengsizliklarni bartaraf etish, davlat mablagʻlarini teng huquqlilik asosida taʼlim dasturlari, sogʻliqni saqlash, huquqni muhofaza qilish va infratuzilmani rivojlantirishga taqsimlashda tengsizliklarni bartaraf etishga imkon beradi.

“Aholini roʻyxatda olishda toʻplangan maʼlumotlar siyosiy partiyalarga oʻz rejalarini tuzishda va ularni Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshadigan hissasini inobatga olishga yordam beradi. Bu degani Oʻzbekiston oʻz oldiga ming yillik uchun belgilangan maqsadlariga erishishda muhim bir qadamni amalga oshirmoqda”, - dedi diplomat.

Eslatib oʻtamiz, aholini roʻyxatga olish ishlari 2022 yilning kuzida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonun Vazirlar Mahkamasiga 2019 yilning 1 iyulida taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0