Hodisalar

Namangan viloyatida kontrafakt dorilar aniqlandi

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishTabletki
Tabletki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Namangan viloyatida “Kobalt” rusumli avtomashinada qalbaki “REGAPEN” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

TOSHKENT, 31 may – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Namangan viloyatida umumiy qiymati 237,8 million soʻmlik qalbaki “REGAPEN” nomli dori vositalari aniqlangani haqida xabar qildi.

Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
MIB inspektoriga jarohat yetkazish holati yuzasidan jinoiy ish ochildi

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani boʻlimi tomonidan DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Namangan-Sherobod” YPX nazorat maskanida fuqaro A.I.ning boshqaruvida boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilganida, uning yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli 1.200 kassetada 300 mg.lik umumiy qiymati 237,8 mln. soʻmlik qalbaki “REGAPEN” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.I., A.S. va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0