Migratsiya

Piterda migrantlar bolalarini maktabga joylashtirish haqida qoʻllanma chop etildi

© Fb"Deti Sankt-Peterburga" razdayut broshyurы migrantam
Deti Sankt-Peterburga razdayut broshyurы migrantam - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sankt-Peterburgda migrantlar orasida bolalarini qanday qilib maktabga joylashtirish mumkinligi haqida qoʻllanma tarqatilmoqda.

TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. Sankt-Peterburgda joylashgan "Deti Peterburga" jamoatchilik tashkiloti Centralasiengrupperna va Svenska Institutet bilan birgalikda migrantlar bolalarini qanday qilib maktabga joylashtirish mumkinligi haqida kichik qoʻllanma chop etdi.

RTSNK v Tashkente na otkrыtii klassov russkogo yazыka v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moskvada pravoslav cherkovi migrantlar bolalari uchun maktab ochdi

Qoʻllanma asosan komiks rasmlardan tashkil topgan boʻlib, uning bosh qahramoni Goʻzal ismli oʻzbekistonlik qiz. U arxitektor boʻlishni orzu qiladi, lekin buning uchun avval maktabda oʻqish kerak. Qoʻllanmaga ota-onalar uchun oʻzbek, rus, qirgʻiz va tojik tillarida yozilgan kerakli maʼlumotlar ham ilova qilingan.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu komksni yaratishga migrantlar bolalarning maktabga borishi va u yerda oʻqishi oson emasligi, bunda nafaqat hujjatlar yoki joy yoʻqligi balkim til bilmaslik ham katta muammo ekanligi koʻrsatilgan.

Ayni damda ushbu broshyuralar shaharda ishlayotgan migrantlar orasida tarqatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0