TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Toshkentdagi Yunusobod tuman 7-boʻlimi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.
Mehmonlar interaktiv koʻrinishda foto va videomateriallar yordamida ushbu boʻlim ish faoliyati va soʻnggi 2 yil ichida ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishdi.
Oʻzbekiston prezidenti qaroriga asosan 2018 yil fevrailan boshlab har bir tumanda 7tadan 9tagancha hududiy boʻlinmalar tashkil qilingan edi. Shundan soʻng IIBning asosiy ish printsiplari ham belgilab olingan edi . Yangi qonunda IIB mahalla qoʻmitalari va davlat organlari bilan birgalikda harakat qilishi, qonunbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va jonoyatlarning oldini olish belgilab berilgan. Mehmonlarga, shuningdek boʻlim faoliyatida yordam berayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda moto texnika namoyish qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 30 maydan 1 iyunga qadar MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Kengashi majlisi boʻlib oʻtgan edi. Majlisda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirlari ishtirok etishdi.