Sport

Oʻzbekistonda 2022 yilda Osiyo Kubogi oʻtkazilishi mumkin

© AFCArbitrы jenщinы AFU
Arbitrы jenщinы AFU - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda 2022 yilda ayollar futboli boʻyicha Osiyo Kubogi oʻtkazilishi mumkin.

TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 2022 yilda ayollar terma jamoalari oʻrtasida Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi, deb xabar qilmoqda OʻFA.

“Kecha Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur arizani rasman roʻyxatga oldi.Oʻzbekistondan tashqari Hindiston va Xitoy Taypeyi mamlakatlari ham musobaqaga mezbonlik qilish uchun ariza topshirishgan”, - deyilgan xabarda.

Chempionat qayerda boʻlib oʻtishi haqida yakuniy qaror OFK tomonidan kelasi yil qabul qilinadi. Ungacha maxsus komissiya aʼzolari har uchchala mamlakatga safar uyushtirib, musobaqani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqishadi.

Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogida jami 8ta ayollar terma jamoalari bor. Ular 2 guruhga boʻlingan halda musobaqalarda ishtirok etadi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan terma jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritsa, 3-oʻrinni olgan ikkita jamoa oʻzaro kuch sinashib, gʻolibni aniqlashadi. Shu tariqa 5ta jamoa ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish imkoniga ega boʻlishadi.

Yangiliklar lentasi
0