Futbol maydoniga yugurib chiqqan modelning akkaunti blokirovka qilindi - video

© VitalyModel bloger Kinsi Volanski (Kinsey Wolanski)
Model bloger Kinsi Volanski (Kinsey Wolanski) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Model kupalnikda futbol o‘yini vaqtida maydonga yugurib chiqdi. Bir kun ichida Instagramda 2 milliondan ortiq obunachilarni to‘pladi.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Instagram model va bloger Kinsi Volanskining akkauntini blokirovka qildi. Bu haqda "R-Sport" xabar qildi.

Volanski Chempionlar Ligasi finali “Liverpul” va “Tottenxem” klublari o‘yini bo‘layotgan vaqtda maydonga yarim-yalang‘och holda futbol maydoniga yugurib chiqqani uchun o‘yin to‘xtatilgandi.

Model darhol ko‘riqchilar tomonidan qo‘lga olinib, maydon tashqarisiga olib ketildi.

Ta’kidlanishicha, internetda model obunachilari 300 mingdan 2,5 millionga ko‘paydi.

Ammo keyinchalik akkaunt bloklandi. Kinsi Volanski bundan xafa bo‘lmadi va Twitterda blog ochdi.

1 iyun kuni Madridda “Metropolitano” stadioni Chempionlar Ligasi final bosqichida “Liverpul” va “Tottenxem Xotspur” kuch sinashdi.

“Liverpul” klubi 2:0 hisobda raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va 2005-yildan buyon ilk bor turnir g‘olibi bo‘ldi.

To‘p mualliflari Muhammad Saloh va Divok Origi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0