Kosmonavtlar professional kasalligi nima bilasizmi?

© Press-slujba Roskosmosa / Mediabankka o‘tishRossiyskie kosmonavti proveli trenirovku po futbolu na MKS
Rossiyskie kosmonavti proveli trenirovku po futbolu na MKS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Roskosmos” koinotda uzoq vaqt ishlab qaytgan kosmonavtlar sog‘liqlari bo‘yicha nimadan arz qilishini aytib berdi.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik.”Roskosmos” kompaniyasining ijrochi direktori Sergey Krikalev MIA “Rossiya Segodnya” studiyasida bo‘lib o‘tgan anjumanda ksmonavtlar parvozdan keyin nimalar haqida arz qilishini aytib berdi.

Krikalev aytishiga qaraganda, bir necha oy XKSda ishlagan kosmonavtlar orasida eshitish qobiliyati pasayishi tez-tez uchrab turadigan holat ekan.

12 aprel kuni Rossiya fan va madaniyat markazi Toshkentda Yuriy Gagarin haykali oldida tadbir o‘tkazdi. - Sputnik O‘zbekiston
Koinot bayrami: Toshkentda kosmonavtika kuni qanday nishonlandi

“Professional kasalliklarga kelsak – ha bunday kasalliklar bor. Kosmonavtlar qaytib kelgandan keyin eshitish qobiliyati kuzatilishi mumkin. Lekin bu holat ko‘proq eski texnikada kuzatilar edi. Xalqaro kosmik stansiyada ko‘plab uskunalar bor, ularning ventilyatorlari shovqinli ishlaydi. Biz hozir shovqinga qarshi kurashmoqdamiz. Zamonaviylashtirilgan shovqinsiz ventilyatorlar, qo‘shimcha tovush himoyalari o‘rnatayapmiz”, - dedi “Roskosmos” rahbari.

Ikkinchi tomondan olganda, oldin fazogirlar tanlash mezonlari juda qattiqqo‘l edi, hozir esa – biroz yumshagan, deydi kosmonavtlar tibbiy ko‘rigi uchun javob beruvchi mutaxassislardan biri Oleg Orlov.

Oldin kosmonavtlar tanlab olinganda faqat o‘rtacha statistik holatdagi shaxslar tanlangan. Hozir esa, sog‘lig‘ida alohida xususiyatlari bo‘lgan kishilar ham tanlab olinmoqda. Buning natijasida ko‘plab olimlar va muhandislarni koinotga uchirish imkoni paydo bo‘lmoqda, dedi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0