O‘zbek gilosining birinchi partiyasi Xitoyga eksport qilindi

© Sputnik / Aleksandr Kovalev / Mediabankka o‘tishChereshnya
Chereshnya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan gilos Shanxayda sotish maqsadida yetkazib berildi.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. O‘zbekiston yetishtirilgan gilos Xitoyning Shanghai Huizhan Fruit & Vegetable Market Management Co.,Ltd. bozoriga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Uzbekskaya chereshnya vpervie okazalas na prilavkax Londona - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek gilosi birinchi marta London do‘konlarida sotilmoqda

30 tonnalik birinchi partiyani qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan shirin mevasi Shanxayda sotish maqsadida yetkazib berildi.

“O‘zbek gilosi juda mazzali ta’mga ega. Uning qadog‘i va kalibrovkasi xalqaro talablarga javob beradi. Bu jahon brendlari bilan raqobatlashish imkonini beradi”, - dedi Zhejiang Fesna E-shop Co.Ltd komaniya bosh menedjeri Chju Szanfen.

Shanghai Huizhan Fruit & Vegetable Market Management Co., Ltd boshqaruvchining o‘rinbosari Lin Yetaning so‘zlariga ko‘ra, Shanxay aholisi birinchi marta o‘zbek gilosini ta’tib qo‘rmoqda.

“Shu munosabat bilan umid qilamanki, Xitoyga o‘zbek mevalarining assortimenti yanada kengayadi va kelgusida bizga qovun, uzum, limon va boshqa mahsulotlar keladi”, - dedi Lin Yeta.

Ta’kidlanishicha, Xitoy kompaniyasi Tmall internet do‘koni maydonida sotish uchun O‘zbekistonlan gilos import hajmini 2600 tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0