Jamiyat

“Duolarimiz mustajob boʻlsin”: Moskvada Ramazon hayiti namozi ado etildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bugun Rossiya shaharlarida, jumladan, Moskvada musulmon olamida ulugʻ ayyomlardan biri - Ramazon bayrami keng qarshi olindi.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Bugun Rossiya shaharlarida musulmon olamida ulugʻ ayyomlardan biri - Ramazon bayrami keng nishonlanmoqda. Rossiya masjidlarida Ramazon hayiti namozi ado etildi.

Biz ham erta tongdan masjid sari yoʻl oldik. Ilgarilari “Prospekt mira" stantsiyasi yaqinida joylashgan Moskvadagi eng yirik jome masjidga Ramazon hayiti namozi ado etish uchun borardik. Biroq bu yil Moskvaning boshqa masjidlaridagi bayram namozini koʻrish va yoʻlga sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda Poklonnaya tepaligidagi Gʻalaba bogʻi yaqinida joylashgan “Yodgorlik masjidi”ga (“Memorialnaya mechet”) borishga qaror qildik.

Bugun Rossiyada musulmonlar Roʻza-hayitni kutib olmoqda

Biz masjid binosi ichkarisiga kirib, namozni oldingi saflarda ado etish ilinjida taksi chaqirtirdik, lekin chuchvarani xom sanagan ekanmiz. Biz chaqirgan taksi bir zum oʻtmay yetib keldi. Haydovchi xushchaqchaq va gapdon ekan. Masjidga qanday qilib yetib kelganimizni sezmay qoldik.

Mashinadan tushib, koʻzimiz masjid sari shoshilayotgan olomonga tushdi. Atrof turli millat vakillariga toʻla edi. Boshida oʻzbek, tojik doʻppisi, qirgʻiz qalpogʻini kiygan hamda boshqa millat vakillari masjidga olib boruvchi yoʻllarni toʻldirib borishardi. “Prospekt mira" stantsiyasidagi jome masjididan farqli oʻlaroq bu yerda atiga bitta tilanchi va doʻppi va joynamoz sotayotgan sotuvchi borligi diqqatimizni tortdi. Ehtimol, boshqa yoʻlda yana boʻlgan boʻlsa kerak. Chunki masjidga olib keluvchi bir necha yoʻl bor edi. Bir narsani ishontirib aytishim mumkinki, masjidni bilmaydigan, hayotida ilk marotaba kelayotgan kishi ham masjidni qiynalmay topib boradi, zero metrodan chiqqan oqimga qoʻshilsangiz toʻgʻri masjid qarshisidan chiqasiz.

© Sputnik / Orifjon NazarovPrazdnovaniye Uraza bayram v Moskve
“Duolarimiz mustajob boʻlsin”: Moskvada Ramazon hayiti namozi ado etildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prazdnovaniye Uraza bayram v Moskve

Qayd etish joizki, musulmonlik burchini ado etuvchilar uchun masjidga olib boruvchi koʻchalar ajratilgan, yoʻlning ikki chetida tartib saqlash uchun harbiylar va maxsus gvardiya askarlari saf tortib turishibdi. Shuningdek, koʻcha chetlarida maxsus hojatxonalar ham oʻrnatilgan.

Tez orada koʻzlangan manzilga yetib keldik. Allaqachon masjid ichi va atrofi namozxonlar bilan limmo-lim edi. Shuncha barvaqt kelib, oldinroqdan joy olishga uringanimiz behuda ekan.

Masjiddan chamasi 200-300 metr uzoqlikda koʻcha oʻrtasida toʻxtadik. Undan uyogʻiga oʻtib boʻlmasdi. Sababi erta tongdan, ehtimol, saharlab soat 4-5larda kelgan ibodatgoʻylar allaqachon joylashib boʻlishgandi. Chunki biz soat 6 da manzilga kelib, bu manzaraning guvohi boʻldik.

Rossiya bosh muftiysi musulmonlarni Roʻza - hayit bilan tabrikladi

Biz kelgan vaqt imom maʼruzani boshlab yuborgan edi.  Ramazon hayiti namozini ado qilishga yigʻilganlar oʻz joynamozini — kimdir oʻzi bilan uyidan olib kelgan, yana kimdir shu yerdan sotib olgan — bir tekis qilib toʻshab, saf-saf boʻlib oʻrnashdi.

© Sputnik / Orifjon NazarovPrazdnovaniye Uraza bayram v Moskve
“Duolarimiz mustajob boʻlsin”: Moskvada Ramazon hayiti namozi ado etildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prazdnovaniye Uraza bayram v Moskve

Imom Ramazon oyi fazilatlari, ushbu muqaddas oyda qilingan toat-ibodatlar qabul boʻlishi, kimlar roʻza tutishdan ozod qilingani, Islom dinining tinchlik, ezgulik dini ekanligi haqida maʼruza qilganidan soʻng hayit namozi ado etildi. Hayit namozi ado etilgach, barcha namozxonlar bir-birlarini bayram bilan qutlab, ushbu kunlarga yetkazganiga shukr qilib, yurt tinchligi va farovonligi, farzandlar kamolini Yaratgandan soʻrab duolar qildilar. Ushbu saodatli kunlarda Allohdan tutgan roʻzalarini qabul, ibodatlarini maqbul va duolarini mustajob boʻlishini soʻradilar.

© Sputnik / Orifjon NazarovPrazdnovaniye Uraza bayram v Moskve
“Duolarimiz mustajob boʻlsin”: Moskvada Ramazon hayiti namozi ado etildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prazdnovaniye Uraza bayram v Moskve

Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin!

Maʼlumot uchun: Poklonnaya tepaligidagi masjid Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan musulmon jangchilar xotirasiga bagʻishlab, 1997 yilda qurilgan qurilgan.

Yangiliklar lentasi
0