TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev viloyatida mast politsiya xodimlarining otishmalaridan soʻng 5 yoshli bolaning halok boʻlgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Albatta, dunyodagi hech narsa qarindoshlariga va yaqinlariga tasalli bera olmaydi. Biroq men – prezident va ota sifatida – sizni ishontirib aytamanki, jinoyatchilar adolatli jazolanishi uchun hamma narsani qilaman. Hech qanday shafqat koʻrsatilmaydi. Ishni bosti-bosti qilishga urinishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu fojia saboq boʻlishi lozim. Fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga maʼsul boʻlganlar har daqiqada oʻz masʼuliyatlarini yodda tutishlari shart. Hayot davomida. Odamlar oldida, xalq oldida, mamlakat oldida”, - deya yozgan davlat rahbari Facebook᾽da.
Dastlabki xabarlarga koʻra, 31 may kuni ikki nafar mast politsiya xodimi bankalarga qarata oʻq uzishga qaror qilishgan. Otish vaqtida ularning oʻqlaridan biri oʻz uyi yaqinidagi oʻyin maydonchasida oʻynagan bolani jarohatlaydi. Bola shifoxonaga yotqiziladi. Biroq olingan jarohat tufayli 3 iyun kuni vafot etadi. Hozirda jinoyat sodir etishda gumonlanuvchi ikki nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qoʻlga olingan.