Mirziyoyev oʻzbekistonliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston rahbari Imom Buxoriy hazratlaridan rivoyat qilingan hadisi sharifdan iqtbos keltirgan: "Chinakam musulmon oʻziga ravo koʻrgan barcha yaxshiliklarni boshqa insonlarga ham ravo koʻradi".

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev 575 nafar fuqaroni afv etdi

Prezident ushbu bayram ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari namunasi ekanligini, oila, elu yurt bilan birgalikda qutlugʻ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytilishini qayd etgan.

Ramazon oyining fayzu tarovatidan bahramand boʻlib, jamiyatimizda oʻzaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlash, muhtaram nuroniylar, ayollar va bolalarga mehr va eʼtibor koʻrsatish, ehtiyojmand insonlarga begʻaraz yordam berish singari  savobli ishlarni amalga oshirishga intilamiz. 

Bunday olijanob maqsad va harakatlar esa mamlakatni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib chiqish, xalqni hayotdan rozi qilishga qaratilgan islohotlarning maʼno-mazmuniga har tomonlama uygʻun va hamohang.

Bu yil muborak Ramazon kunlarida Termiz shahrida Hakim Termiziy, Toshkent shahrida Suzuk ota va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kabi ulugʻ ulamolarimizning nomlari bilan atalgan diniy majmualar, jome masjidlari foydalanishga topshirilgani, joylarda besh tashabbus va boshqa ijtimoiy-maʼnaviy dasturlar doirasida el-yurt, xususan, yoshlar va xotin-qizlar uchun qulay mehnat va turmush sharoitlari yaratilayotgani bu yoʻldagi yangi qadamlar boʻldi. 

Oʻzbekistonning "Jaholatga qarshi – maʼrifat" degan tamoyil asosida jahon miqyosida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, vijdon erkinligi va dinlararo bagʻrikenglikni taʼminlash, islom dinining insonparvarlik mohiyatini xalqimiz va dunyo ahliga yetkazish borasidagi tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. 

Mirziyoyev shu ulugʻ ayyom kunlarida uzoq va yaqin davlatlarda yashayotgan moʻmin-musulmon birodarlarni, barcha doʻst va hamkorlarni samimiy qutlab, ularning xalqlari va mamlakatlariga tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik tilagan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev xalq farovonligi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilishini aytdi

Oʻzbekiston rahbari Imom Buxoriy hazratlaridan rivoyat qilingan hadisi sharifdan iqtbos keltirgan: “Chinakam musulmon oʻziga ravo koʻrgan barcha yaxshiliklarni boshqa insonlarga ham ravo koʻradi”.

Darhaqiqat, hayotda ezgu va savob amallarni bajarib, oilasi, farzandlari, el-yurtining baxtu saodatini oʻylab, halol mehnat qilib yashash musulmon ahli uchun iymon-eʼtiqodning muhim sharti hisoblanadi. 

"Ishonchim komil, dinu diyonatimiz va zamon ruhini qalbimizga chuqur singdirib, bugungi hayotning oʻtkir talabi boʻlgan ilm-fan, innovatsiya va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollanib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida astoydil xizmat qilsak, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga albatta yetamiz", - deya oʻz tabrigini yakunlagan prezident va barchaga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlarga fayzu baraka tilagan.

Oʻzbekistonliklarni Saida Mirziyoyeva ham tabriklashga shoshilgan. U oʻz Instagram ida otasining suratini joylagan va bu surat qisqa fursatda internetda xitga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0