Hodisalar

Namanganda 24 yoshli fuqaro amakivachchasini pichoqlab qoʻydi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fuqaro uyida oʻzaro janjal tufayli birga yashovchi amakivachchasi 29 yoshli fuqaroning qorin qismiga pichoq bilan urgan.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Namanganda 24 yoshli fuqaro amakivachchasini pichoqlab qoʻydi.

Rebenok s igrushkoy v rukax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jiyanini tarbiyalash maqsadida tayoq bilan urib, uning umriga zomin boʻlgan togʻalar ushlandi

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, Namangan shahrida yashovchi 24 yoshli fuqaro uyida oʻzaro janjal tufayli birga yashovchi amakivachchasi 29 yoshli fuqaroning qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

Natijada esa jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Xabarda qayd etilishicha, jinoyatchi qoʻlga olingan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xorazmda kelin mast holatda qaynotasining umriga zomin boʻlgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0