Oʻzbekiston va Rossiya qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish rejasini tasdiqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOvoщi na Mejdunarodnoy vыstavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Ovoщi na Mejdunarodnoy vыstavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Joriy yilda yogʻli ekinlarni hamkorlikda eksperimental yetishtirish, Rossiyada boshoqli don ekinlarini ishlab chiqarish, Oʻzbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga alohida eʼtibor beriladi.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirlari Jamshid Xodjayev va Dmitriy Patrushev tomonidan Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻrta muddatli istiqboldagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.

Premyer-ministr RF D. Medvedev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Medvedev: maqsadimiz - Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd $ gacha yetkazish

Ikki yoqlama kelishuv Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi majlisida tasdiqlangan.

Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev sohani rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar amaliy natijasini berayotganini taʼkidlar ekan, savdo hajmini oshirish, qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va bu yoʻnalishda oʻzaro tajriba almashishga tayyor ekanligini bildirgan.

Ekinlar yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish, shuningdek, navlarini boshqarish oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash muhim ekanligi taʼkidlangan.

"Joriy yilda yogʻli ekinlarni hamkorlikda eksperimental yetishtirish, Rossiyada boshoqli don ekinlarini ishlab chiqarish, Oʻzbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga alohida eʼtibor beriladi", - deyiladi xabarda.

Patrushev, oʻz navbatida, joriy yilning birinchi choragida Oʻzbekiston-Rossiya oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligi savdo hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga oshib, 130 million AQSH dollarini tashkil etgani, bu esa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirishga yordam beradigan mavjud "Yashil yoʻlak" tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishi natijasida yuz berayotganini qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval, 2019 yil 19 fevral kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston-Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirlarining uchrashuvida  ishchi guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha rejalar tuzilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0