Ijtimoiy tarmoqlarda Mirziyoyev kiyib suratga tushgan krossovkalarni sotish boshlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishKrossovki
Krossovki - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev osh pishirayotgan vaqtda kiygan krossovkalar sotila boshlandi.

TOSHKENT, 5 iyun - Sputnik. Saida Mirziyoyeva Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uy muhitida osh pishirayotgan suratini ijtimoiy tarmoqda joylashtirdi. Suratda prezident uy kiyimi va krossovkada aks etgan.

Endilikda prezident kiygan krossovka mamlakatdagi eng orzu qilingan poyabzalga aylandi. Qolaversa, Facebook᾽da xuddi shunaqa poyabzal qayerda sotilishi haqida eʼlonlarni berish boshlandi.

Ushbu modelni xarid qilish uchun 550 dollar sarflashga toʻgʻri keladi.

© FacebookV Seti nachali prodavat krossovki, v kotorыx Mirziyoyev gotovil plov
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirziyoyev kiyib suratga tushgan krossovkalarni sotish boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
V Seti nachali prodavat krossovki, v kotorыx Mirziyoyev gotovil plov

Onlayn sotuvchilardan biri faqat buyurtma asosida sotishini va bu yuz foiz asl nusxasi ekanini yozgan.

Aytgancha, suratda Shavkat Mirziyoyev Italiyaning Z Zegna brendi krossovkasini kiyib tushgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning osh pishirayotgan surati bir zumda oʻzbek ijtioiy tarmoqlaridagi barcha rekordlarni yangilab, bir zumda oʻn minglab layk toʻplashga ulgurdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala