Jamiyat

Tuxumning xavfli xususiyati maʼlum qilindi

CC0 / pixabay / Varenoye yaytso
Varenoye yaytso - Sputnik Oʻzbekiston
Olimlar 31 yil davomida 30 ming kishi hayot tarzini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi.

TOSHKENT, 5 iyun - Sputnik. Amerikalik olimlar tuxumni tez-tez isteʼmol qilish yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishi va erta oʻlim xavfini oshirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress portalida eʼlon qilingan.

Olimlar 31 yil davomida 30 ming kishi hayot tarzini kuzatishdi. Maʼlum boʻlishicha, har kuni har qanday qoʻshimcha ravishda 300 milligramm xolesterin isteʼmol qilish  yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishini 17 foizga, erta oʻlim xavfini esa 18 foizga oshirar ekan. Qayd etish joizki, bir dona tuxum tarkibida taxminan 200 milligramm xolesterin moddasi mavjud.

Chipsы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Inson umrini qisqartiruvchi mahsulotlar maʼlum qilindi

Shu bilan birga, olimlar ushbu mahsulotdan butunlay voz kechish kerak emasligini taʼkidlashdi, chunki meʼyorida isteʼmol qilingan tuxum organizm, xususan, koʻz va suyaklar uchun foydali hisoblanadi.

“Odamlarga uch dona tuxumdan tayyorlangan kundalik quymoqdan voz kechishlarini tavsiya qilaman. Ovqatlanishda meʼyor va muvozanat muhimdir”, - deydi tadqiqotchi Ketrin Tuker.

"Shirin ogʻu": olimlar shakarning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar

U haftasiga bir necha dona tuxum isteʼmol qilish sogʻliq uchun foydadan xoli emasligini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq jazirama havoda eng yaxshi ichimlik bu ikki marta suv bilan aralashtirilgan olma sharbati ekanligi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala