Dunyoda

Qirgʻiziston sobiq bosh prokurori hibsga olindi

© Sputnik / Pavel LisitsыnJenщina v naruchnikax
Jenщina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston sobiq bosh prokurori Aida Salyanova hibsga olindi

TOSHKENT, 5 iyun – Sputnik. Qirgʻiziston sobiq bosh prokurori Aida Salyanova hibsga olindi.

Sputnik Qirgʻizistonning yozishicha, Bishkek shahar Pervomayskiy tuman sudi tomonidan sobiq bosh prokuror Aida Salyanovaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Sud oʻz qarorini Salyanova ozodlikda boʻlib, tergovga bosim oʻtkazish mumkin deya tushuntirgan.

Qayd etilishicha, sud qarori bilan sobiq bosh prokuror 26 iyungacha tergov hibsxonasida saqlanadi.

Joriy yilning 3 iyun kuni Aida Salyanova IIVga kriminal avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qilish ishi boʻyicha soʻroqqa chaqirilgan. Tunda uni qoʻlga olib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirishgan. Bunga sobiq maxsus prokuror Mayrambek Akmataliyevning koʻrsatmalari sabab boʻlgan.

Gosudarstvennыy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston sobiq prezidentlari daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi

Batukayevni ozod qilish ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirgʻiziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini oʻldirishda ayblangan.

Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “ogʻir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirgʻiziston hududini tark etgan.

Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini oʻtamoqda.

Kriminal avtoritetga nisbatan jinoiy ishni qayta qoʻzgʻatilganini 17 aprel kuni Qirgʻiziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov maʼlum qildi.

Shu ish yuzasidan bir necha shifokorlar, sobiq bosh vazir Shamil Ataxanov, Sogʻliqni saqlash vazirligi sobiq vaziri Dinara Saginbayeva va jazoni ijro etish xizmati raisining sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyev qoʻlga olingan. Bundan tashqari, Norin shahar sudyasi ham mazkur jinoiy ish figurantiga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala