O‘zbekiston ilk bor BMT Bosh Assambleyasi boshqaruviga kirdi

© TIMOTHY A. CLARY / AFPGeneralnaya Assambleya Organizatsii Obyedinennix Natsiy v Nyu-Yorke
Generalnaya Assambleya Organizatsii Obyedinennix Natsiy v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston vakili ilk bor BMT Bosh Assambleyasining sessiya raisining o‘rinbosari etib saylandi.  

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. O‘zbekiston vakili ilk bor BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi raisining o‘rinbosari etib saylandi, deb xabar qilmoqda O‘zA, "Dunyo" axborot agentligiga asosan.

Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Generalnim sekretarem Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrishem. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Pekinda BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Rais o‘rinbosarlarining asosiy vakolatlari ro‘yxatiga Bosh Assambleya yalpi majlislarini ochib berish va yopish, yalpi majlislarda muhokamalarni boshqarish, majlislar davomida tartibni saqlash, xususan, tashkilotga a’zo davlatlarga so‘z berish, ovoz berishga savollar kiritish, shuningdek, ular bo‘yicha yechimlarni e’lon qilish kabilar kiradi.

O‘zbekiston bilan bir qatorda BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga Indoneziya, Ummon, Singapur, Turkiya, Xorvatiya kabi davlatlar vakillari ham saylandi.

BMT Bosh Assambleyasi,  tashkilotga a’zo barcha davlatlar vakillari ko‘rsatilgan maslahat organidir. U tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, qurolsizlantirish, rivojlantirish, qashshoqlikka barham berish hamda inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mas’uldir.

Yangiliklar lentasi
0