Sport

“Abu-Dabida urush boʻladi” - Nurmagomedov Porye bilan jang haqida

Habib Nurmagomedov UFC bilan yangi shartnomani imzolagandi va eng koʻp maosh oladigan jangchi boʻldi.

TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. Rossiyalik aralash kurash jangchisi,  yengil vaznda UFC  chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Porye bilan boʻladigan jang haqida Instagram sahifasida izoh yozdi.

Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovыm i Konorom MakGregorom - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Eng koʻp maosh oladigan jangchi: Nurmagomedovning keyingi jangi qachon boʻlishi maʼlum boʻldi

“Abu-Dabida urush boʻladi”, - deb yozgan rossiyalik sportchi.

Bu jang 7 sentyabr kuni  UFC 242 musobaqasida oʻtkaziladi. Bu diskvalifikatsiyadan soʻng Nurmagomedov uchun birinchi jang boʻladi.

Rossiyalik jangchi 27 ta jangda 27 marta gʻalaba qozongan.

Bundan avval Rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmagomedov UFC bilan yangi shartnomani imzolagandi. Unga koʻra, u eng koʻp maosh oladigan jangchi boʻldi.

Nurmagomedov Abu-Dabida amerikalik Dastin Puarye bilan jang qiladi.

Bu haqda "Dastin Puarye, bortga xush kelibsiz",  deb yozgan Nurmagomedov Twitterda oʻz sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, aralash yakkakurash boʻyicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi oʻtgan yil 6 oktyabrda oʻtkazilgan edi. Habib boʻgʻuvchi usulni qoʻllab, gʻalaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanktsiyalari qoʻllanilgan edi.

Joriy yil 29 yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi boʻlib oʻtdi.

Komissiya qaroriga koʻra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima toʻlash majburiyati yuklatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala