TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. Tyup tumanidagi Maxaylovka nomli qishlogʻida ikkita bola halok boʻldi. Ular eski muzlatgich ichida qulflanib qolishdi.
Issiq-koʻl viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar qilishicha, fojia 3 iyun kuni sodir boʻldi. Taʼkidlanishicha, 4 va 6 yoshli aka-ukalar hovlida oʻynab, toʻsatdan yoʻq boʻlib qolishdi.
Ularni soat 11:55 da qidirishga tushishdi. Bolalar taxminan soat 17:00 da hovlida turgan eski sovet muzlatgich ichida topildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bolalar oʻynab, muzlatgich ichiga kirishgan va uning eshigi yopilib qolgan. Bolalar uni ocholmagan.
Ushbu holat jinoyatlar yagona reyestrida baxtsiz hodisa sifatida roʻyxatga olindi.