TOSHKENT, 6 iyun - Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar chegara xizmatlarining keyingi - sakkizinchi yigʻilishi Tojikistonda oʻtkaziladi. Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi chegara xizmati bosh shtabi rahbari oʻrinbosari polkovnik Oleg Kolesnikov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Bugun Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Rossiya Federatsiyasi raisligida SHHTga aʼzo-davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining yettinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbir ishtirokchilari SHHTga aʼzo mamlakatlar davlat chegaralaridagi vaziyat bilan oʻzaro axborot almashdilar.
SHHTga aʼzo-davlatlar chegara xizmatlarining 2019-yilda hamkorlikda oʻtkazadigan "Birdamlik -2019-2021" chegara operatsiyasining birinchi bosqichini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha Rejani koʻrib chiqdilar va tasdiqladilar.
Shuningdek, 2020 yilda SHHTga aʼzo davlatlar chegara xizmatlari ekspertlar guruhi ish rejasini tasdiqladilar.