"Yangi Toshkent" bosh rejasi taklif etildi

© Vimeo"Noviy Tashkent": britansi predlojili unikalniy proyekt goroda
Noviy Tashkent: britansi predlojili unikalniy proyekt goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent yonida yangi shahar quriladi - Britaniyalik mutaxassislar uning bosh rejasini taklif etishdi.

TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. Britaniyalik arxitektorlar Toshkent shahri yonida "yangi Toshkent" bosh rejasini taklif qilishdi, deb xabar qilmoqda MyDay kanali.    

Unga ko‘ra hozirgi Toshkent shahrining janubi-sharqiy tomonida umumy maydoni 20 000 gektar bo‘lgan yangi shahar barpo etiladi. U yerda turar joylar, ma’muriy binolar, biznes siti va boshqa binolar paydo bo‘ladi. Shuningdek, arxitektorlar Chirchiq darosi o‘rtasida ulkan orol qurishni taklif etishdi.

Yangi shahar konsepsiyasida dam olish hududlari va yashil bog‘ zonalar, daryo va kanallar bo‘yida piyoda sayr qilish hududlari ulushi kengaytirilishi ham aytib o‘tilgan .

Eslatib o‘tamiz, Toshkent yangi bosh rejasini 2019-yilning aprel oyiga qadar yaratish e’lon qilingan edi. Ayni damda Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniyalik arxitektorlar o‘z rejalarini taklif qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0