Ekspertning fikriga koʻra, yaqin kelajakda IOII geografiyasining tez kengayishi kutilmaslik lozim va bu esa bir jihatdan yaxshi.
“Men yangi ishtirokchilarni kutishda shoshmagan boʻlardim, zero Yevropa ittifoqi bir vaqtlar geografiyasini tez kengaytirib, bu tuzoqqa tushgan edi. Har bir yangi ishtirokchini qabul qilish - bu erishilgan kelishuvlar va nizomlarni muvofiqlashtirish va qayta koʻrib chiqish demakdir. Oʻylaymanki, Oʻzbekiston ham, Tojikiston ham kuzatuvchilar doirasida samarali hamkorlik qilib, tashkilotga bosqichma-bosqich integratsiya boʻlishlari mumkin”, - dedi Naumov.
U, eng avvalo, Oʻzbekiston bir paytlar qadimiy Ipak yoʻlining bir qismi boʻlgan geografik afzalliklari bilan kuchli tranzit salohiyatiga ega boʻlgan mamlakat sifatida IOII mamlakatlari uchun qiziqish uygʻotishiga ishonadi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq yanada kengayishi mumkin - Medvedev
Respublikaning IOIIga aʼzo mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorligining yana bir sohasi - tarif – bojxona tartib-taomillarini, shu jumladan, Rossiya va boshqa qishloq xoʻjaligi bozorlarida talab yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uygʻunlashtirishdir.
Ekspertning toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.