Iqtisod

Hyundai Oʻzbekistonda qachon avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishSborka i vыpusk gruzovikov Hyundai na predpriyatii "Avtotor"
Sborka i vыpusk gruzovikov Hyundai na predpriyatii Avtotor - Sputnik Oʻzbekiston
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi qachon Namangan viloyatida avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi 2020 yilning fevral oyidan Namangan viloyatida avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda Namangandagi forumda ishtirok etayotgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Bugungi kunda loyihaga 11 million dollar sarmoya kiritilgan. Zavod yiliga uch ming dona mashina ishlab chiqaradi.

Aktsiyalarining sakson foiziga Hyundai egalik qiladi, yigirma foizi hokimiyat tasarrufida qoladi.

Avvalroq Hyundai Namangan viloyatida tijorat avtotransport vositalarini ishlab chiqarishni 2019 yil sentyabr oyida yoʻlga qoʻyishi xabar qilingan edi.

Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiye Listem-Fergana v gorode Fergane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qoʻqonda Hyundai bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqariladi

Kompaniya dastlab yiliga 400ta kichik yuk mashinalari, mikroavtobuslar hamda avtobuslar ishlab chiqarishni va bosqichma-bosqich bu koʻrsatkichni 2500 taga yetkazishni rejalashtirayotgan edi.

2017-yil noyabr oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida Oʻzbekistonda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangandi.

Hujjat respublika Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Evergreen Motors kompaniyasi— KIA va Hyundai᾽ning MDHdagi rasmiy distribyutorlari oʻrtasida imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala