TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Xalqaro Kann festivali Gran-prisini qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik yosh rejissyor Shokir Xoliqovga “Oʻzbekkino” serviz sovgʻa qildi.
Bu haqda rejissyorning oʻzi Facebook’dagi sahifasida eʼlon qilgan. Biroq hozirda ushbu post oʻchirib tashlangan, deb xabar beradi Repost.
© Repost.uzServiz za pobedu v Kannax: "Uzbekkino" pozdravili Shokira Xolikova

Serviz za pobedu v Kannax: "Uzbekkino" pozdravili Shokira Xolikova
© Repost.uz
Kann festivali doirasida Xoliqov oʻzining “Choy” nomli qisqa metrajli filmini taqdim etgan. Taqdimot imkoniyati cheklangan insonlarning dolzarb muammolariga jamoatchilik eʼtiborini tortishga qaratilgan ENTRE 2 Marches loyihasi doirasida oʻtkazilgan.
16 daqiqa davom etadigan “Choy” filmi davomida insoniylik, oqkoʻngillik va qariyalarga nisbatan rahm-shafqat haqida soʻz boradi.