Iqtisod

Oʻzbekistonda 2 yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda

© SputnikKupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Obligatsiyalarni chiqarilish hajmi - yuz milliard soʻm.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Oʻzbekistonda ichki bozor uchun 2 yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Markaziy bank raisiga oʻrinbosar tayinlandi

OʻzRVB 2019 yil 12 iyun tizimida davlat qimmatli qogʻozlari shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini eʼlon qildi.

Obligatsiyalarni chiqarilish hajmi - yuz milliard soʻm. Bu obligatsiyalarning soʻndirilishi 2021 yil 9 iyun. Qatʼiy belgilangan foizli daromad stavkasi – yillik 15%. Foizli daromad toʻlash davri - 3 oy.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil oxirida Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda davlat qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini qayta yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar berilgandi. 

Qimmatli qogʻozlar bir million soʻmlik nominal qiymatida 6 oylik, 1 yillik hamda 3 yillik muddatlar uchun muomalaga chiqarishi aytilgandi.

Yangiliklar lentasi
0