Hodisalar

Penzada YTHga uchragan oʻzbekistonliklardan biri vafot etdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishAvtomobili politsii i skoroy meditsinskoy pomoщi
Avtomobili politsii i skoroy meditsinskoy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Penza viloyatida YTHga uchrab, bosh miya jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan oʻzbekistonliklardan biri vafot etdi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Rossiyaning Penza viloyatida YTHga uchrab,  bosh miya jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan oʻzbekistonliklardan biri vafot etdi.

Kapelnitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Penzada YTHga uchrab, bosh miya jarohati olgan oʻzbekistonliklar roʻyxati eʼlon qilindi

TIVning Oʻzbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga asoslanib xabar qilishicha, 6 iyun kuni Penza viloyati Kuznetsk tumanlararo kasalxonasida Oʻzbekiston fuqarosi Patilloyev Sherali Xolnazarovich (06.09.1983 y.da tugʻilgan) vafot etgan.

4 iyun kuni u va boshqa 7 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Penza viloyati hududidan oʻtuvchi M5 “Ural” trassasida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bosh miya jarohatlari bilan yuqorida qayd etilgan kasalxonaga joylashtirilgan edi.

Bosh konsulxonaga Penza viloyat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bugun taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda quyidagi fuqarolar ushbu davolash muassasasining reanimatsiya boʻlimida:

1. Karakulov Ziyodullo Murtazoyevich, 05.11.1968 y.da tugʻilgan;
2. Abduravitov Sunnat Islomitdinovich, 06.05.1995 y.da tugʻilgan;
3. Turdaliyeva Sohibaxon Jurayevna, 24.03.1973 y.da tugʻilgan;

Travmatologiya boʻlimida:

1. Egamberdiyev Ravshan Xalimjanovich, 08.06.1987 y.da tugʻilgan;
2. Kosimov Fazliddin Baxriddinovich, 05.03.1986 y.da tugʻilgan;
3. Abduravitov Musurmon Abdixalil ugli, 15.05.1995 y.da tugʻilgan;
4. Safarov Nurulla Davlatmuradovich, 16.07.1985 y.da tugʻilgan.

Grajdane Uzbekistana postradali v DTP s mikroavtobusom pod Penzoy - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Penzada Oʻzbekiston fuqarolari YTHga uchradi

Marhumning jasadini vatanga qaytarishda konsullik-huquqiy koʻmak berish va jarohatlangan oʻzbekistonliklarga yordam koʻrsatish boʻyicha Bosh konsulxona tegishli choralarni koʻrmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Volga boʻyi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm oʻlkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlar zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala