TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Toshkentdagi “CENTRAL PARK” madaniyat va istirohat bogʻida 9 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab “Sabantuy-2019” tatar-boshqird xalq bayrami boʻlib oʻtadi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, tadbirda tatar-boshqird madaniy markazlarining madaniy-musiqiy chiqishlari, sport musobaqalari, patriot mototsikllari koʻrgazmasi, turli musobaqalar oʻtkaziladi.
“Musobaqa gʻoliblarini ajoyib sovgʻalar kutmoqda. Bayramga kirish barcha shahrimiz aholisi uchun bepul. Shunday ekan, bayramni oʻtkazib yubormang”, - deyilgan xabarda.