Bosh prokuratura: Toshkentdagi ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© oqtepalavash.uzZapaxlo jarenim: na rukovoditeley Oqtepa Lavash zaveli ugolovnoe delo
Zapaxlo jarenim: na rukovoditeley Oqtepa Lavash zaveli ugolovnoe delo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda jami 49 nafar fuqarolar zaharlandi. “Grand Azia Plus” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston JKning 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Toshkentdagi ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, ommaviy zaharlanish yuzasidan Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ok-Tepa lavash - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi barcha “Oqtepa Lavash” restoranlari yopildi– video

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

2019 yilning 4-7 iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqarolar “ovqatdan toksikoinfeksiya” tashxisi bilan O‘zbekiston Respublikasi SSV EMUKITI, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda, ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 21-uyda joylashgan “Oqtepa lavash” (“Grand Azia Plus” MChJ) umumovqatlanish tarmog‘ining uchta shoxobchalarida tez tayyorlanuvchi taomlarni (“sendvich”, “lavash” va “pissa”) iste’mol qilganliklari aniqlangan.

Biroz ilgari Toshkentdagi barcha “Oqtepa Lavash” restoranlari yopilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0