Ona delfin o‘z farzandini jon-jahdi bilan tiriltirishga urinmoqda – yurakni ezadigan video

© AFP 2023 / HECTOR GUERRERODelfin v more. Arxivnoe foto.
Delfin v more. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delfinning o‘lik jigarbandini tiriltirishga urinayotgani tasvirlangan video ko‘pchilikning ko‘zini yosh to‘ldirdi va har qanday bag‘ritoshning qalbini tirnadi.

E’tiboringizga havola qilinayotgan video Floridadan uzoq bo‘lmagan Kliruoter plyaji yaqinida See Through Canoe dengiz kompaniyasi operatorlari tomonidan tasvirga olingan.

Lavhada urg‘ochi delfin qanday qilib umidsizlik ila jigar porasini jonlashtirishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Mushtipar ona tumshug‘i bilan bir necha marta delfinchani turtib-turtib qo‘yadi, so‘ngra u bilan suvga sho‘ng‘iydi.

Uzoq vaqt onai zor o‘z farzandini qo‘yib yubormaydi. Uning tez orada ko‘z ochib, suzib ketishi ilinjida qo‘lidan keladigan har bir narsani qilishga shay.

Qayg‘uga botgan delfinga boshqa biri hamrohlik qiladi. Operatorlarning so‘zlariga qaraganda, u ona delfinga farzandini qutqarishda ko‘maklashgan.

The Daily Mail nashrining yozishicha, kichkintoy delfinni kema urib yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0