Putinning Zelenskiy haqidagi so‘zlari hammani kuldirdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na Peterburgskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume. Den vtoroy
Prezident RF V. Putin na Peterburgskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan hamkorlik qilish ehtimoli to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yangi rahbari Vladimir Zelenskiy bilan bir kun kelib uchrashishga va tanishishga umid bildirdi va uning yaxshi aktor ekani, lekin kimnidir o‘ynash va kimdir bo‘lish  - butunlay boshqa narsa ekanligini qayd etdi.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Putin Zelenskiyga maslahat berdi

“Menga qarang, men bu odamni bilmayman, umid qilamanki, bir kun kelib tanishamiz. Ko‘rinishidan, u prezident bo‘lgunga qadar faoliyat yuritgan sohada yaxshi mutaxassis – u yaxshi aktor”, - dedi Putin Zelenskiy bilan hamkorlik qilish ehtimoli to‘g‘risidagi savolga javoban.

Zaldagilar uning bu so‘zlarini qarsaq chalib, kulgi ila qarshi olishdi, deya yozadi RIA Novosti.

“Men jiddiy gapirapman, siz esa kulyapsiz”, - dedi kulimsirab Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari o‘yin o‘ynash uchun iste’dod lozimligini ta’kidladi.

“Bu aniq. Iste’dodlar bisyor, va bu iste’dodlardan biri – bu gavdalantirish iste’dodi. Sen har o‘n daqiqada yangi chehralarni - “shoh” va “gadoni gavdalantirishing mumkin . Har yerda ishontirarli darajada o‘ynash – bu haqiqatdan ham iste’dod. Lekin davlat ishlari bilan shug‘ullanish uchun boshqa sifatlar zarurdir”, - deya ta’kidladi Putin.

Ukraina prezidenti saylovlarida g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiy 20-may kuni Ukrainani boshqarishni boshladi.

Yangiliklar lentasi
0