Toshkentda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kukun tufayli ikki kishi halok bo‘ldi

© Global Look Press/Pat MorrisV Tashkente dva cheloveka nasmert otravilis sredstvom ot nasekomix
V Tashkente dva cheloveka nasmert otravilis sredstvom ot nasekomix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chilonzor tumanidagi kvartiralardan birida 77 yoshli pensioner va uning 28 yoshli nevarasining jasadi topildi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Toshkentda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kukun tufayli ikki kishi halok bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 7-iyun kuni Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi ayol murojaat qilgan. Ayol uyiga qaytib kelganida hech kim eshikni ochmagani, ammo onasi, 77 yoshli Sh.M. va 28 yoshli o‘g‘li M.T. kvartirada bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgan.

Ok-Tepa lavash - Sputnik O‘zbekiston
“Oq-tepa lavash” Sergelidagi zaharlanishga izoh berdi

Xabarda qayd etilishicha, FVV mutaxassislari profilaktika inspektori tomonidan chaqirilgan va guvohlar ishtirokida kvartiraning eshigi ochilgan. Kvartirada kuchli hid bo‘lgan, hamma joyda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kulrang kukunga ega gazeta varaqlari yoyilib tashlangan.

“77 yoshli Sh.M.ning jasadi yo‘lakda, M.T.ning jasadi balkondan topildi”, - deyiladi xabarda.

Voqea sodir bo‘lgan joyga IIB xodimlari, prokuror, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, Chilonzor tumani hokimligi va sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari chiqqan. Tekshirish o‘tkazilmoqda, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Avvalroq Toshkentdagi “Oq-tepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan zaharlanganlar soni 41 kishiga yetgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0