Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini yashin urdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMolniya
Molniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Leningrad viloyatida O‘zbekiston fuqarosi yashin urishidan vafot etdi. Bosh konsulxona vaziyatni nazorat ostiga olgan.

TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 2019-yilning 7-iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan obektda yashin urishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi 11.02.1995-yilda tug‘ilgan Zuxriddin Rashid o‘g‘li Yusupov vafot etgan.

Avtomobili politsii i skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Penzada YTHga uchragan o‘zbekistonliklardan biri vafot etdi

Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan Sosnovoborsk tumanlararo tergov bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan. Bosh konsullik huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi, ya’ni Arxangelsk, Kaliningrad, Leningrad, Murmansk, Novgorod, Pskov, Vologoda viloyatlari, Kareliya va Komi respublikalari, Nenets-avtonom okrugi hamda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga xizmat va yordam ko‘rsatadi.

Vid na ulitsu Gran Via i zdanie Edifisio Metropolis v Madride - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi Portugaliyada pichoqlanishdan vafot etdi

Zarur vaziyatlardar Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: +7-965-029-41-49.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududida og‘ir vaziyatlarga tushib qolganda, vafot etganda – ularning o‘zlari ushbu vaziyatni hal qilishiga to‘g‘ri kelar edi. Xususan, vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib borish xarajatlarini o‘zlari yonidan qoplashi kerak bo‘lardi.

So‘nggi 2-yil davomida, ushbu vaziyatga chek qo‘yildi: fuqarolar og‘ir vaziyatga tushib qolgan, favqulodda holatrlarda – O‘zbekiston hukumati tomonidan muntazam yordam berilayotganini kuzatmoqdamiz.

Yangiliklar lentasi
0