Qozog‘istonda 65 % saylovchilar ovoz berishdi

© SIK KazaxstanaYavka na viborax prezidenta Kazaxstana na uje previsila 65%
Yavka na viborax prezidenta Kazaxstana na uje previsila 65% - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti saylovida jami 12 million saylovchi ishtirok etmoqda. Ular 7 nafar nomzod uchun o‘z ovozlarini berishlari kerak.

TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Mahaliy vaqt bilan soat 16:00da Qozog‘iston prezidenti saylovida 65,9 % saylovchilar ovoz berishga ulgurishdi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston Markaziy saylov qo‘mitasi.

Vibori prezidenta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda prezident saylovi boshlandi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu saylovda jami 12 millionga yaqin saylovchilar ishtirok etmoqda. Ovoz berishlari uchun Qozog‘iston ichida 9967 ta saylov uchastkalari, xorijda - 65 ta saylov uchastkalari bugun kech soat 20:00ga qadar ishlaydi. 

O‘zbekistonning Toshkent, Rossiyaning ham Moskva, Sankt-Peterburg, Astraxan va Omsk shahararidagi Qozog‘iston diplomatik vakolatxonalarida Qozog‘iston fuqarolari uchun ovoz berish imkoni yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti lavozimiga 7 nafar nomzod ishtirok etmoqda, jumladan Nur Otan  partiyasi vakili, Tokayev ham.

Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra,  saylovda qancha fuqaro ishtirok etmasin, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi, lekin prezdent bo‘lib saylanish uchun nomzodlardan biri 50%dan ortiq ovoz jamlash kerak. Hech bir nomzod 50%dan ortiq ovoz jamlay olmasa -  saylovning ikkinchi turi belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0