Insoniyat nimadan nobud bo‘lishi mumkin – olimlar asosiy 4 ta tahdidni ma’lum qilishdi

© NASA via APPlaneta Zemlya. Vid iz kosmosa
Planeta Zemlya. Vid iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tahlilchilar Yer va asteriod bilan to‘qnashuvi yuz berish ehtimoli kam, biroq NASA kelgusi 100-yilda Yer yoniga yaqinlashi mumkin bo‘lgan jismlarni kuzatib bormoqda.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Britaniyalik ekspertlar insoniyat uchun asosiy tahdidlar ro‘yxatini tuzishdi.

Pojar v gorode Paradayz, shtat Kaliforniya, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilga kelib insoniyat nobud bo‘lishi mumkin

How Will The World End portalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Blueclaw agentligining tahlilchilari asosiy to‘rtta xavfni aniqlashdi: epidemiya, yadroviy urush, tabiiy ofatlar va Yerga asteriod qulashi.

Olimlar ta’kidlashicha, insoniyat uchun eng xavfli bu sil kasalligi. Bu hastalikning hozirgi tarqalish darajasida 4812-yil ichida dunyo aholisini yo‘q qilishi mumkin.

Mutaxassislar so‘nggi vaqtda yadroviy urush ehtimoli xavf-xatarlardan biri ekanligini ma’lum qilishdi. 2021-yilda Rossiya va AQSh o‘rtasida imzolangan strategik hujum qurollarini cheklash haqida bitim muddati yakunlanmoqda, bu bitim qayta uzaytiriladimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum. Tahlilchilar hisob-kitobiga ko‘ra, insoniyatni butunlay yo‘q qilish uchun Qo‘shma Shtatlarga 5 351 ta portlash, Rossiyaga 4 206 ta portlashni amalga oshirish kerak bo‘ladi.  

Tahlilchilar Yer va asteriod bilan to‘qnashuvi yuz berish ehtimoli kam, biroq NASA kelgusi 100-yilda Yer yoniga yaqinlashi mumkin bo‘lgan jismlarni kuzatib bormoqda. Xavfli asteroidlardan biri – Florence – uning diametri 3,9 kilometrgacha yetadi. Uning zarbasi 1,2 milliard kishini yo‘q qilishi mumkin.   

Asosiy iqlim tahdid - global issiqlik. Hozirgi vaqtda uning darajasi saqlanib tursa (0,2 gradus 10-yilda) 2 136 yildan keyin global harorat 44 gradusga ko‘tariladi. Bu darajaga yetgan taqdirda dunyo okeani butun quruqlikni bosishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0