NATO mashq boshladi: Rossiya “uchar radarlari” Qora dengizni nazorat qiladi

© WikipediaCamolot A-50 dalnego radiolokatsionnogo obnarujeniya i upravleniya
Camolot A-50 dalnego radiolokatsionnogo obnarujeniya i upravleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NATO Sharqiy Yevropa mamlakatlarida keng qamrovli o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Rossiya A-50 samolyotlarini Kubanga olib bordi. Bu haqda Janubiy harbiy okrugi matbuot xizmati rahbari Vadim Astafyev ma’lum qildi.

Rossiyskie Tu-22M3  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning yangi bombardimonchi samolyoti AQSh uchun “yoqimsiz surpriz” bo‘ladi – ekspert

“Rossiya A-50 samolyotlari Krasnodar qit’asida joylashgan tezkor aerodromlardan biriga parvozni amalga oshirdi”, - dedi Astafyev.

Samolyotlar NATO keng qamrovli mashg‘ulotlar davomida Qora dengiz havo holatini nazorat qiladi. NATO mashg‘ulotlari Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilmoqda.

Qora dengizning neytral suvlari havo hududida A-50 samolyotlarini Su-24SM3 qiruvchi samolyotlari kuzatib boradi.

NATO har yilgi dengiz o‘quv mashqlari – Baltops boshlandi. Unda 18 davlatning 8,5 ming harbiylari, 50 ta kema, 40 ta samolyot ishtirok etmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlarga Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Turkiya, Fransiya, Estoniya, Finlyandiya Shvetsiya harbiylari jalb qilindi.   

Yangiliklar lentasi
0