Amakisini ko‘prikdan itarib yuborib, umriga zomin bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoOrenburg
Orenburg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro “Kollektor” kanali ustiga o‘rnatilgan ko‘prik ustida o‘zaro janjal oqibatida 61 yoshli amakisini itarib yuborgan.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Toshkent viloyatida fuqaro amakisining umriga zomin bo‘ldi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha,  Quyichirchiq tumanida 41 yoshli fuqaro Beshkek mahallasi Qorasuv ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi “Kollektor” kanali ustiga o‘rnatilgan ko‘prik ustida o‘zaro janjal oqibatida 61 yoshli amakisini itarib yuborgan.

Mujchina s nojom - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda 24 yoshli fuqaro amakivachchasini pichoqlab qo‘ydi

Amakisi ko‘prik ustidan pastga yiqilib tushib, jarohat olgan.

“Natijada A.K. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 9  iyun kuni shu yerda vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda jinoyatsi qo‘lga olingani qayd etilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 24 yoshli fuqaro amakivachchasini pichoqlab qo‘ygani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0