TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Politsiya xodimlari Dushanbeda oʻz uyida fohishaxona ochgan ayolni qoʻlga olishdi, deb xabar qildi Tojikiston IIV matbuot xizmati.
Boxtarada istiqomat qiluvchi 44 yoshli ayol Dushanbe shahridagi uyini fuqarolarga pul evaziga taqdim etgan.
Tojikiston IIV maʼlumotiga koʻra, 2 may kuni Dushanbe N.Maxsum koʻchasida joylashgan kvartirani uchta juftlikka bergan. Bu xizmat uchun 60 dollar olgan.
Tezkor tadbir davomida ayol qoʻlga olindi. Ushbu holat yuzasidan tergov ishi davom etmoqda.