TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Tadqiqotchilar Oyning janubiy qutbida magnit anomaliyani topdi. Olimlar buni ulkan asteroidning qoldiqlari deb taʼkidlashmoqda. Live Science xabariga asosan.
Tadqiqot natijalariga koʻra, ulkan metall massasi Oy orqa tomonida Janubiy qutb - Eytken kraterida joylashgan. Bu Quyosh sistemasida boshqa jism urilishi natijasida hosil boʻlgan eng yirik krater hisoblanadi.
Taxminlarga koʻra, asteriod Oyning shu joyiga 4 milliard yil oldin urilgan.
“Tasavvur qiling, yer ostida ulkan metal uyumi yopildi, u Gavay orolidagi Katta oroldan besh baravar katta. Biz kutilmaganda, aynan bunday massa bilan toʻqnashdik”, - dedi tadqiqot bosh muallifi Piter Jeyms.
Olimlar hisob kitobiga koʻra, ulkan metallning ogʻirligi 2,4 septillion tonna. Metall uyumlari Janubiy qutb – Eytken kraterida bir necha yuz killometr chuqurlikda joylashgan.