TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari “Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl stantsiyasida xorijga ketayotgan yoʻlovchi poyezdini bojxona koʻrigidan oʻtkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Natijada, ushbu poyezd yoʻlovchisi fuqaro A. A tomonidan mamlakat hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilayotgan, 18 dona qadimiy tangalar toʻxtatib qolindi.
“Mazkur tangalarni faqat bittasi 100 yil ilgari zarb etilgan boʻlsa, qolganlarini qadimiyligi 2-2,5 asrdan oshgan. Shuningdek qadimiy tangalarning biri eski arab yozuvida va ikkinchisi esa eski xitoy yozuvida zarb qilinganligi maʼlum boʻldi”, - deyilgan xabarda.