O‘tgan 2018-yilda Rossiya fuqaroligini olganlar soni ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigranti jdut otkritiya migratsionnogo sentra. Arxivnoe foto
Migranti jdut otkritiya migratsionnogo sentra. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili 268,1 ming nafar xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qildi.

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. 2018 yilda 268,1 ming nafar xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qildi. Bu 2017-yilga nisbatan 4,5 foizga ko‘proqdir. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakilining yillik hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Pasport eng yaxshi sovg‘a: O‘zbekistonlik ayollar Rossiya fuqaroligini olishdi

Bildirilishicha,  2018-yilda Rossiya fuqaroligini qabul qilganlarning katta qismini (95,3%) MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etgan.

Hisobotda qayd etilishicha, 2018-yilda Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkovaga fuqarolik masalalari bo‘yicha 652 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning aksariyati (92%) yaqin xorij mamlakatlar, asosan, Ukraina (27,5%), O‘zbekiston (10,8%), Armaniston (8,6%), Qozog‘iston (6,7%) va Tojikiston (5,9%) fuqarolaridan kelib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ayrim toifadagi xorijliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirtirilgani xabar qilingan edi. Xususan, Qrim va Sevastopol hududida tug‘ilgan, doimiy yashagan hamda yarimorolni 2014-yil 18-martga qadar tark etgan shaxslar bunday imkoniyatga ega. Bundan tashqari, RSFSRda tavallud topgan va sovet fuqaroligiga ega bo‘lgan Afg‘oniston, Iroq hamda Suriya fuqarolari soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0