Hodisalar

Sankt-Peterburg portida Ekvadordan kelgan 400 kilo kokain topildi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Fotobankka oʻtishEkspertno-kriminalisticheskaya laboratoriya
Ekspertno-kriminalisticheskaya laboratoriya - Sputnik Oʻzbekiston
Konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilo kokain moddasi ham borligi aniqlandi.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Sankt-Peterburg portida bojxonachilar Ekvadordan kelgan konteynerni bojxona koʻrigidan oʻtkazishdi. Koʻrik natijasida konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilo kokain ham borligi aniqlandi.

“Noqonuniy muomaladan 2,5 million narkotik dozaga moʻljallangan, ularning umumiy qiymati 4,5 milliard rubl tashkil qiladi”, - deyilgan xabarda.

Konteyner ochilganda baliq konsersalar orasida narkotik solingan qoplar topildi. Kimyoviy tadqiqot natijalariga koʻra, bu kokain moddasi ekanligini koʻrsatdi.

Hozirgi vaqtda bojxona va politsiya xodimlari kontrabanda sxemasida kim ishtirok etganini aniqlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala