Iqtisod

Oʻzbekiston Afgʻonistonga MDH bozoriga kirishiga yordam berishi mumkin - ekspert

© SputnikChto postroil SSSR v Afganistane
Chto postroil SSSR v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Afgʻoniston bilan hamkorlik qilish - Oʻzbekiston uchun ulkan strategik imkoniyatlar yaratadi, - ekspert.

TOSHKENT, 11 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistonga oʻz tovarlarini MDH bozoriga olib kirish uchun imkon yaratishi mumkin, deb hisoblaydi Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik izlanishlar instituti direktori oʻrinbosari Sanjar Valiyev.

“Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan hamkorlik qilishning yangi siyosatini eʼlon qildi. Bu bilan u Afgʻoniston uchun oʻz tovarlarini MDH bozoriga olib kirish uchun betakror imkoniyat yaratdi”, - dedi Valiyev.

Afgʻoniston bilan hamkorlik qilish biz uchun ulkan strategik imkoniyatlar yaratadi, - deb qoʻyshimcha qildi ekspert.

Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Termizdagi forumda Oʻzbekiston-Afgʻoniston ishbilarmonlari nimalar haqida kelishib olishdi

Mutaxassining bunday xulosaga kelishiga Oʻzbekistonning jugʻrofiy joylashishi ham sabab boʻlgan. Afgʻoniston bilan qoʻshni mamlakatlar orasida faqat Oʻzbekiston hududdagi barcha mamlkatlar bilan chegaradoshdir. Shundan kelib chiqan holda, ekspert Oʻzbekiston ularni bogʻlovchi markaz boʻlishi mumkin deb xulosa qilgan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi 2 yil ichida Oʻzbekiston va Afgʻoniston orasida munosabatlar ildam rivojlandi. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Oʻzbekistonga tashrif buyurdi, Toshkent va Samarqandda Afgʻonistonda tinlik oʻrnatishga qaratilgan xalqaro forumlar boʻlib oʻtdi. Shuningdek Oʻzbekiston va Afgʻoniston orasida temir yoʻl qurish, elktr energiyasi eksport qilish kabi yirik shartnomalar ham imzolandi. Ayni damda Termiz shahrida afgʻonistonlik yoshlar uchun maxsus oʻquv markazi ham faoliyat koʻrsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0