Video

Afgʻon biznesmeni Sputnik videosini koʻrgach, qochoqlarga yordam berdi

Rossiyada yashovchi afgʻon biznesmeni Sputnik syujetida Qobul ostida tashkil etilgan qochoqlar lagerida oʻz vatandoshlari qanday ogʻir sharoitda kun kechirishayotganini tomosha qildi. Hozirda u qochoqlarga yordam qoʻlini choʻzgan yagona insondir.

Qobul yaqinida joylashgan afgʻon qochoqlari lageri 7 yildan buyon mavjud. Bu yerda 50 oila istiqomat qiladi. Lagerdagi odamlarning ovqat ratsioni xavas qilgulikmas, ularga tibbiy yordam koʻrsatilmaydi va ular issiq kiyim-boshga muhtoj.

Qahraton qish mavsumida Sputnik Afgʻoniston bu insonlarning murakkab taqdiri haqida videorolik suratga olgan edi. Shundan soʻng Rossiyada yashovchi afgʻonistonlik tadbirkor Muhammad Nodir Shoh oʻz vatandoshlariga yordam berishga qaror qildi. Endilikda u yiliga ikki marta lagerdagilarga kiyim-kechak, poyabzal va oziq-ovqat yuboradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala