Bolalar dalalarda emas, orzularda ishlashi kerak - O‘zbekistonda noyob aksiya o‘tkazildi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishDeti otdixayut na plyaje detskogo lagerya.
Deti otdixayut na plyaje detskogo lagerya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro mehnat tashkiloti axborotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha besh oshdan o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan 218 million bola ishlashga majburdir. Shundan 73 million nafari xavfli mehnatga jalb qilingan.

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 12-iyun - Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan "Bolalar dalalarda emas, balki orzularda ishlashi kerak!" shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ishtirokida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Barkamol" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Profsoyuz RUzAksiya posvashennaya Vsemirnomu dnyu borbi s detskim trudom proshla v Uzbekistane
Bolalar dalalarda emas, orzularda ishlashi kerak - O‘zbekistonda noyob aksiya o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Aksiya posvashennaya Vsemirnomu dnyu borbi s detskim trudom proshla v Uzbekistane

"Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligidan xabardorlik darajasini yanada oshirish, shu maqsadda olib borilayotgan tizimli sa’y-harakatlarni keng jamoatchilikka, shu jumladan jahon hamjamiyatiga yetkazishdir", dedi Sputnik muxbiri bilan suhbatda Kasaba uyushmasi vakili Muhabbat O‘rmonbekova.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh o‘zbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan o‘chirdi

O‘rmonbekovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda prezident tashabbusi bilan davlat siyosati doirasida bola huquqlarini himoyalashning kuchli mexanizmlarini yanada rivojlantirishga, shuningdek, xalqaro konvensiyalarga muvofiq milliy qonunchilik bazasi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham maxsus tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.

"O‘zbekistonda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik borasida xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan samarali mexanizmlardan yana biri mamlakatimizda ta’lim bilan bir qatorda bolajonlarni sog‘lomlashtirishga katta e’tibor qaratilishi hisoblanadi. Joriy yilgi sog‘lomlashtirish mavsumida O‘zbekiston miqyosida 1067 ta bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 224 tasi stotsionar turdagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bo‘lsa, 843 tasi sog‘lomlashtirish maydonchalaridir", - deydi suhbatdosh.

O‘rmonbekovaning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil yoz mavsumida jami oromgohlarda 310 ming nafarga yaqin bolalar sog‘lomlashtiriladi. Ularning 171 ming nafarga yaqini statsionar turdagi oromgohlarda, 138 mingdan ziyodi sog‘lomlashtirish maydonchalariga jalb etiladi. Ushbu maqsadlar uchun jami 91 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. 

Xalqaro mehnat tashkilotining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 218 mln. bola ishlashga majburdir. Ularning 152 million nafari bolalar mehnatidan jabrlanganlar bo‘lib, shundan 73 million nafar bola xavfli mehnatga jalb qilingan, ularning qariyb yarmi 5-11 yoshdagi bolalardir. Dunyo bo‘yicha bolalar mehnati deyarli barcha sohalarda uchraydi, biroq 10 bolaning 7 tasi qishloq xo‘jaligida mehnat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda AQSh o‘zbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan o‘chirgan va O‘zbekiston hukumatining bolalar mehnatiga chek qo‘yish bo‘yicha amalga oshirayotgan sayi harakatlarini olqishlashini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0